Dubayda 10 ta samolyot mahalliy aeroportga qo‘na olmadi

Dubayda 10 ta samolyot mahalliy aeroportga qo‘na olmadi

Aeroport rahbariyati qo‘nishi kerak bo‘lgan 10 ta samolyot boshqa aeroportlarga yo‘naltirilganini ma’lum qildi

Dubay xalqaro aeroportida noqulay ob-havo tufayli parvozlar bekor qilindi.

Birlashgan Arab Amirliklari Milliy meteorologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, Abu-Dabi va Dubay xalqaro aeroportlari hududlarida yo‘llarda 500 metrdan nari ko‘rinmagan. Aeroport rahbariyati 10 ta reysni Dubai World Central va boshqa qo‘shni aeroportlarga jo‘natishga qaror qildi.

Mahalliy Flydubai aviatashuvchisi kelishi va jo‘nab ketishiga ob-havo sharoiti sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

Meteorologiya markazining rasmiy ob-havo byulleteniga ko‘ra, chang bo‘roni va yomg‘ir yana to‘rt kun davom etadi.

Abu-Dabi polisiyasi kuchli shamol va changda yo‘lning yomon ko‘rinishi tufayli haydovchilarni ehtiyot bo‘lishga hamda chang bo‘ronini tasvirga olishdan saqlanishga chaqirdi.

"O‘zingiz va boshqalar xavfsizligi uchun videokameralar yoki telefonlarga diqqat bo‘lmang», — deyiladi polisiya xabarida.

Kechqurun Al-Ayn, Ras al-Xayma va Fujayra amirliklarida kuchli yomg‘ir yoqqan. Rasmiylar aholini suv toshqini va ko‘chki bo‘lishi mumkin bo‘lgan joylardan uzoqroq turish haqida ogohlantirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!