Dubay yaqinida o‘zga sayyora barpo etilmoqda (Foto)

Dubay yaqinida o‘zga sayyora barpo etilmoqda (Foto)

 

Dubay yaqinida o‘zga sayyora barpo etilmoqda (Foto)

«MarsScienceCity» deb nomlangan yangi turar joy Dubay yaqinida qad rostlaydi. Maydoni — 176 ming kv.m. Bu 30 ta futbol maydoniga teng degani. Barcha qurilishlar yer qa’rida, 3D-printerlarda tayyorlangan gumbazlar ostida joylashgan. Dubay sahrosidan keltirilgan qumlar asosiy qurilish materiali hisoblanadi. Shu tariqa uylarni o‘zga sayyora sharoitida, ya’ni Mars tuprog‘idan barpo etish texnologiyasi ishlab chiqilmoqda. Polietilenli membrana esa tashqi muhitdan himoyalaydi.

Dubay yaqinida o‘zga sayyora barpo etilmoqda (Foto)

U yerda olimlar tasavvuridagi Marsdagi hayot hosil qilinadi. Jumladan, «Mars»da olimlar yashaydi, fazogirlar mashg‘ulot o‘taydi. Shaharning yaratilishi 2017 yildayoq ma’lum qilingandi. Uch yil oldin BAA rasmiylari 2117 yilgacha Marsni mustamlakaga aylantirish niyati borligini yashirib o‘tirishmadi.

Dubay yaqinida o‘zga sayyora barpo etilmoqda (Foto)

2018 yil fevralda Muhammad bin Rashid kosmik markazi Birlashgan Arab Amirliklarida kosmik apparat dizaynini taqdim etgandi — mazkur zond 2117 yilda odamlarning ilk manzilgohlarini yaratish loyihasi doirasida Marsga yuboriladi.

Dubay yaqinida o‘zga sayyora barpo etilmoqda (Foto)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!