DTM tomonidan 2 yil oldin milliy sertifikat tizimini joriy etish ishlari boshlangan. Yilning oxirida shu tizimni qayta yo‘lga qo‘yamiz — DTM rahbari

DTM tomonidan 2 yil oldin milliy sertifikat tizimini joriy etish ishlari boshlangan. Yilning oxirida shu tizimni qayta yo‘lga qo‘yamiz —  DTM rahbari

Maktab bitiruvchilarining yakuniy davlat attestasiyasi va oliygohga kirish imtihonini birlashtirib yuborish 2023 yildan yo‘lga qo‘yilishi mumkinligi haqida bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanalida o‘tkazilgan «Ovozli chat»da bilan DTM direktori Majid Karimov ma’lum qildi.

— DTM tomonidan 2 yil oldin milliy sertifikat tizimini joriy etish ishlari boshlangan. Boshida bu tizim sal shoshilib yaratilgani uchun, hozirda kamchiliklarini bartaraf etish jarayoni ketyapti. Xudo xohlasa, yilning oxirida shu tizimni qayta yo‘lga qo‘yamiz. Xuddi CEFR ga o‘xshab, bunda ham amaliy, nazariy, nostandart ko‘rinishlari bo‘ladi. Bu bo‘yicha ishlar qilinyapti, buni tizimli ravishda olib boramiz.

Shu bilan birga, ayni vaqt juda katta me’yoriy hujjat tayyorlanmoqda, muhokamadan ham o‘tdi, ya’ni unifikasiya masalasini joriy etish bo‘yicha. Bu yaqin o‘rtada, masalan, 2023/24 o‘quv yilidan ham bo‘lishi mumkin, — dedi DTM rahbari

Davlat test markazi 28 iyuldan boshlab yopiq rejimda faoliyat olib borayotganligi hamda ortiqcha vahimaga sabab bo‘layotgan va yolg‘on xabarlarga asos bo‘layogan X-variantlar haqida abituriyentlarning har biri uchun alohida imzo varaqlari berilishi hamda bu varaqlar kompyuterda shakllantirilgani uchun kimga qanday savol tushishi ham noma’lumligini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!