DTM ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan test materiallari bo‘yicha izoh berdi

DTM ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan test materiallari bo‘yicha izoh berdi

Davlat test markazi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan test materiallari yuzasidan izoh berdi.

Qayd qilinishicha, matematika fanidan test topshiriqlari aks etgan 1173366 raqamli test topshiriqlari kitobi diagnostik test sinovlariga taalluqli bo‘lib, Buxoro viloyatidagi «GMK» o‘quv markazi tomonidan 2021 yil 1 may kuni 13288 raqam bilan buyurtma qilingan va 5 may kuni test materiallari o‘quv-markaziga yetkazilgan. Mazkur test topshiriqlari kitobi 5 avgust (bugun) sanasidan boshlangan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga taalluqli emas.

DTM ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan test materiallari bo‘yicha izoh berdi

Matematika va biologiya fanlaridan test topshiriqlari aks etgan lekin test topshiriqlari raqami ko‘rinmagan test topshiriqlari kitoblari diagnostik test sinovlariga taalluqli bo‘lib, mazkur test topshiriqlari kitoblari 5 avgust (bugun) sanasidan boshlangan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishlatilmagan.

DTM ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan test materiallari bo‘yicha izoh berdi

DTM ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan test materiallari bo‘yicha izoh berdi

Kimyo fanidan test topshiriqlari aks etgan 7016128 raqamli test topshiriqlari kitobi 2020 yilda o‘tkazilgan test sinovlariga taalluqli bo‘lib, mazkur abituriyent test sinovi vaqtida telefondan foydalanayotgani aniqlanib, dalolatnoma asosida test sinovlaridan chetlashtirilgan.

DTM ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan test materiallari bo‘yicha izoh berdi

DTM ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan test materiallari bo‘yicha izoh berdi

Biologiya fanidan test topshiriqlari aks etgan 1122414 raqamli test topshiriqlari kitobi bugun Namangan viloyatida o‘tkazilgan test sinovlariga taalluqli bo‘lib, mazkur abituriyent test sinovi vaqtida telefondan foydalanayotgani aniqlanib, dalolatnoma asosida test sinovlaridan chetlashtirilgan.

DTM ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan test materiallari bo‘yicha izoh berdi

DTM ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan test materiallari bo‘yicha izoh berdi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!