DSQ 3500 ta kompaniyani qasddan bankrot bo‘lishda gumon qilmoqda

DSQ  3500 ta kompaniyani qasddan bankrot bo‘lishda gumon qilmoqda

O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi soliq to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlash maqsadida bankrotlik e’lon qilingan 3500 holat aniqlanganligini ma’lum qildi.
DSQ matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan sun’iy ravishda umidsiz soliq qarzdorligini yuzaga keltirish holatlari kuzatilmoqda. Bu jarayonlarda asosan korxona ta’sischisi va rahbarlari faol ishtirok etayotganligi qayd etilgan.
Xususan, so‘nggi 3 yilda 4 ming nafar ta’sischi va korxona rahbari tomonidan soliq to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlash maqsadida 3,5 mingta xo‘jalik sub’ekti tashkil etilgan.
Natijada ushbu toifadagi korxonalar byudjet oldida 6,7 trln so‘m umidsiz soliq qarzdorligini hosil qilgan holda bankrotlik asosida tugatilgan.
Hozirda bankrotlik asosida tugatilgan korxonalar ta’sischilari tomonidan yangidan korxonalar tashkil etilishi davom etmoqda.

Qo‘mita shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida DSQ organlari tomonidan mazkur sub’ektlar faoliyati qat’iy nazoratga olinganini bildirgan. Shuningdek, tegishli tartibda nazorat tadbirlari amalga oshirilib borilishi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!