Dorixonalarga lisenziya bo‘yicha yangi talab qo‘yiladi

Dorixonalarga lisenziya bo‘yicha yangi talab qo‘yiladi

Prezident “Dorivor o‘simliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash hamda davolashda ulardan keng foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab dorixona sotuv zali peshtaxtalarining kamida 10 foiziga dorivor o‘simliklar xomashyosidan tayyorlangan biologik faol qo‘shimchalar va dori vositalarini joylashtirishni dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizasiya qilishning lisenziya talablari va shartlariga kiritish choralarini ko‘radi.

Belgilanishicha:

  • 2025 yil 1 yanvarga qadar dorivor o‘simliklarni yetishtirishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 80 foizini tashkil etadigan tadbirkorlik sub’ektlaridan olinadigan yer solig‘i, foyda solig‘i va mol-mulk solig‘i stavkalari 50 foizga kamaytiriladi. Bunda mazkur xatboshiga asosan soliqlardan ozod qilinadigan mablag‘lar dorivor o‘simliklar plantasiyalarini kengaytirishga yo‘naltirilishi shart;
  • dorivor o‘simliklar xomashyosidan biologik faol qo‘shimchalar, essensiyalar va ekstraktlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, sendvich-panellar va ventilyasiya tizimlari hamda biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xomashyo va materiallar, qadoqlash materiallari belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha 2025 yil 1 yanvarga qadar bojxona bojidan ozod qilinadi;
  • dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash uchun foydalaniladigan texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, sendvich-panellar va ventilyasiya tizimlari, asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar, kimyoviy preparatlar hamda himoya vositalarini olib kirishda qo‘shimcha qiymat solig‘ini 180 kunga kechiktirib to‘lash imkoniyati beriladi;
  • dorivor o‘simliklar xomashyosi hamda undan tayyorlangan biologik faol qo‘shimchalar, essensiyalar va ekstraktlarni eksport qiluvchi tadbirkorlik sub’ektlarining eksport uchun sarflangan avtomobil, temiryo‘l va havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizigacha qismi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qoplanadi.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!