Dorixona yuritadigan 74 ta tadbirkor faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
Bugungi kunda respublikamizda 14 mingga yaqin dorixona faoliyat yuritmoqda. Ularning faoliyatini qonunchilik asosida nazorat qilish, lisenziya talablari ijrosini ta’minlash hamda dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish maqsadida Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan joriy yilning birinchi yarim yilligida 634 ta nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Tekshiruvlar natijasida qonunchilik talablarini qo‘pol ravishda buzgan 74 ta tadbirkorlik sub’ektining faoliyati vaqtincha to‘xtatildi, 33 ta dorixonaning lisenziyasi bekor qilindi, yana 64 ta holat yuzasidan sud organlarida ishlar ko‘rib chiqilmoqda.
Shuningdek, noqonuniy dori savdosining oldini olish maqsadida 50 dan ortiq tushuntirish tadbiri tashkil etilib, ularda 4 mingdan ziyod soha mutaxassisi qamrab olindi.
