Dopingda ayblangan shifokor qariyb besh yilga ozodlikdan mahrum etildi

Dopingda ayblangan shifokor qariyb besh yilga ozodlikdan mahrum etildi

Germaniyalik sport bo‘yicha shifokor Mark Shmidt dopingda ayblanib 4 yilu 10 oyga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar bermoqda “Spiegel”.

Shuningdek, shifokorga kamida uch yil davomida kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish ham taqiqlangan.

Ma’lum qilinishicha, Shmidt sportchilarga 2012 yildan buyon noqonuniy preparatlar berib kelganini tan olgan.

2019 yil fevralm oyida Zefeldda bo‘lib o‘tgan chang‘i sporti bo‘yicha jahon chempionati paytida Avstriya huquqni muhofaza qilish idoralari avstriyalik Maks Xauk ​​va Dominik Baldauf, estoniyalik Karel Tamm’yarv va Andreas Veerpalu hamda qozog‘istonlik Aleksey Poltoraninni antidoping qonunchiligini buzganlikda gumon qilib hibsga olishgandi.

Ta’kidlanishicha, ishni tergov qilish jarayonida yuqoridagi nemis shifokori bilan bog‘liq bo‘lgan guruh fosh etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!