Donbass, Abxaziya va Janubiy Osetiyani Rossiya tarkibiga qo‘shish bo‘yicha referendum o‘tkazish taklif etildi

Donbass, Abxaziya va Janubiy Osetiyani Rossiya tarkibiga qo‘shish bo‘yicha referendum o‘tkazish taklif etildi

«Za pravdu» («Haqiqat uchun») partiyasi yetakchisi, yozuvchi Zaxar Prilepin o‘zining saylovoldi dasturini e’lon qildi, deb xabar bermoqda Meduza.

Donbass, Abxaziya va Janubiy Osetiyani Rossiya tarkibiga qo‘shish bo‘yicha referendum o‘tkazish taklif etildiUnda, jumladan, Rossiya konstitusiyasiga fuqarolarning 75 foizi Rossiyaga qo‘shilish uchun ovoz beradigan har qanday hududga kirishga imkon beradigan normani kiritish taklif etildi.

«Ushbu qoida nafaqat sobiq Rossiya imperiyasi yoki SSSR fuqarolari va yerlariga, balki fuqarolari biz bilan bir butun davlatda yashashga tayyor bo‘lgan barcha mamlakatlarga nisbatan tatbiq etilishi lozim», — deyiladi hujjatda.

Shu munosabat bilan partiya Ukraina sharqidagi Donesk va Lugansk xalq respublikalari va Moldovadagi Pridnestrovye respublikasini darhol tan olish va referendum natijalariga ko‘ra ularni Rossiya tarkibiga qo‘shish tarafdori ekanligini bildirdi.

Bundan tashqari, «Za pravdu» Abxaziya va Janubiy Osetiyaning ham Rossiya tarkibiy tuzilmasi sifatida qo‘shilishi uchun referendum o‘tkazish taklifi bilan chiqdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!