Donald Tramp siyosatga qaytishni rejalashtirmoqda

Donald Tramp siyosatga qaytishni rejalashtirmoqda

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp mamlakat siyosiy hayotidagi ishtirokini tiklashni va jurnalistlar bilan yana muloqot qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, «Trampning do‘stlari va ittifoqchilari bir necha haftalik sukutdan keyin uning OAV bilan do‘stona intervyularni qayta boshlashini kutyapti».

Ta’kidlanishicha, sobiq prezident «uning impichmentini qo‘llab-quvvatlagan yoki noyabrdagi saylov natijalarini bekor qilish harakatlariga qarshilik ko‘rsatgan respublikachilardan qasos olishni istayapti», lekin baribir 2022 yilgi oraliq saylovlarda vakillar palatasi va Senat ustidan nazoratni qo‘lga olishda Respublikachilar partiyasiga yordam berishni maqsad qilgan.

«Ishonamanki, yaqin kunlarda siz undan ko‘p yangiliklarni eshitasiz», — dedi Trampning katta maslahatchisi Jeyson Miller.

Avvalroq AQSh Senati Donald Trampni Kapitoliydagi tartibsizliklarda aybsiz deb topgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!