Donald Tramp: "AQShni endi hech kim hurmat qilmaydi. Bizni ahmoqlar boshqaryapti"

Donald Tramp: "AQShni endi hech kim hurmat qilmaydi. Bizni ahmoqlar boshqaryapti"

AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning aytishicha, Amerika qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilishi AQShga bo‘lgan hurmatga putur yetkazdi.

"Biz mag‘rurlik bilan chiqib, buni saqlab qolishimiz mumkin edi", dedi Tramp One America News Network nashriga.

Tramp AQShning hozirgi ma’muriyati a’zolarini "ahmoqlar" deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular Tolibonga Afg‘onistonda qolgan amerikaliklar ro‘yxatini berish uchun javobgardir.

"Bizni endi hech kim hurmat qilmaydi, hatto oldin hurmat qilganlar ham. Bizni ahmoqlar boshqaradi", - dedi Tramp.

Seshanba kuni kechasi Pentagon AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan chiqarilishi va 20 yillik missiya tugaganini e’lon qildi. Xorijliklar va ittifoqchilar evakuasiya qilingan Kobuldagi aeroport Tolibon harakatining to‘liq nazoratiga o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!