Dominikan Respublikasi elchisi Rossiyaga maxsulot yetkazib berish geografiyasini ochiqladi

Dominikan Respublikasi elchisi Rossiyaga maxsulot yetkazib berish geografiyasini ochiqladi

"Biz Yerevan yoki Olmaota orqali kofe yetkazib berishni tashkillashga harakat qilyapmiz”,— dedi Xans Dannenberg RIA Novosti agentligiga.

U kofeni O‘zbekiston va Tojikiston orqali, romni esa Armaniston orqali ham olib kirish mumkinligini ta’kidladi.

"Biz eksport qilish yo‘llarini izlayapmiz, O‘zbekiston orqali kofe yetkazib berish uchun Toshkentga murojaat qilamiz. Lekin sigaret, tamaki, rom va avakadolarimizni eksport qilish uchun Yerevandan foydalanishni o‘ylab ko‘rishimiz mumkin", — deya qo‘shimcha qildi diplomat.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!