Dogecoin eng yaxshi kriptovalyutalar ro‘yxatini tark etdi

Dogecoin eng yaxshi kriptovalyutalar ro‘yxatini tark etdi

Bir yil oldin, Dogecoin milliarder Ilon Mask tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanayotgani fonida eng istiqbolli kriptovalyutalaridan biri deb atalgan edi. Bu haqda "iXBT.com" manbasi xabar bermoqda.

Dogecoin eng yaxshi kriptovalyutalar ro‘yxatini tark etdi

Yil boshida Finder platformasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra, 2022 yilning oxiriga kelib, Dogecoin 0,16 dollarga ko‘tariladi va 2030 yilda kripto valyuta 0,64 dollarga ko‘tarilishi bashorat qilingan ham edi. Biroq, bahorda vaziyat keskin o‘zgardi.

5 avgust holatiga ko‘ra, Dogecoin kursi 0,07 dollarga tushdi. Tokenning kapitallashuvi 96 million dollarga tushdi va bu uni kuchli o‘nlik qatoridan pastga tushirib qo‘ydi.

Xuddi shu Finder platformasining yangi so‘roviga ko‘ra, kripto valyutaning istiqbollari juda porloq emas. Respondentlarning fikriga ko‘ra, yil oxirigacha 0,07 dollar kursi juda yaxshi deb hisoblanadi. 2025 yilga kelib, Dogecoin 0,19 dollargacha o‘sishi mumkin.

O‘tgan yilning mart oyida Dogecoin 0,737 dollarga tushgan va o‘z qiymatining deyarli 80 foizini yo‘qotgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!