Dneprdagi raketa hujumidan zarar ko‘rgan binolar

Dneprdagi raketa hujumidan zarar ko‘rgan binolar

Rossiya ertalabdan beri Ukrainaga raketa va kamikadze dronlari bilan hujum qilmoqda. Mahalliy ma’muriyat Dnepr, Xarkov va Odessa viloyatlarida muhim ob’ektlar zarar ko‘rganini va bir nechta qurbon borligini ma’lum qildi. Kiyev viloyatida harbiy aviasiya va havo mudofaasi tomonidan raketalar va dronlar urib tushirilgani aytilmoqda.

Bosh vazir Denis Shmigal Rossiyaning Dneprdagi "Yujmash" va gaz ishlab chiqarish korxonalariga uyushtirilgan raketa hujumlari haqida xabar berdi.

Ukraina Prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari Kirill Timoshenko o‘z kanalida Dneprdagi raketa otishmasidan zarar ko‘rgan binolar suratlarini e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!