Dizayner Nariman Grigoryanni o‘ldirishda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi

Dizayner Nariman Grigoryanni o‘ldirishda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan dizayner Nariman Grigoryan qasddan o‘ldirilganligi holati yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura rasman xabar berdi.

Tergov davomida jinoyatni sodir etgan shaxs aniqlanib, unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi. 

Tergov yakuni bo‘yicha batafsil axborot beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!