Diyora Usmonova o‘z biznesini Qozog‘istonda rivojlantirmoqchi

Diyora Usmonova o‘z biznesini Qozog‘istonda rivojlantirmoqchi

Rossiyalik o‘zbek milliarderi Alisher Usmonovning sobiq kelini Diyora Usmonova Qozog‘istonda o‘zining bolalar liboslari do‘koni tarmog‘ini ochdi.

Diyora Usmonova o‘zining Instagramdagi sahifasida Qozog‘istonga bo‘lgan ilk safarining taassurotlari bilan bo‘lishdi. Ma’lum bo‘lishicha, Diyora Usmonova qo‘shni mamlakatga Bibiona liboslar do‘koni tarmog‘ining filialini ochish maqsadida tashrif buyurgan.

Ilgari hech qachon Qozog‘istonda bo‘lmaganman, lekin men bu yerda uchratgan barcha insonlar judayam ochiqko‘ngil, iliq va do‘stona. Biz (o‘zbeklar) siz bilan bir mintalitet, o‘xshash madaniyat, til va qadriyatlarga ega xalqmiz, bizning bu do‘stlik va birodarligimiz umrbod davom etsin. Bibiona ning 4-do‘konini aynan shu yerda ochganimizdan judayam xursandman , - deb yozdi Diyora Usmonova o‘z sahifasida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!