“Disney” tanqidlar ostida qoldi

“Disney” tanqidlar ostida qoldi

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari “Disney”ni “Piter Pen” kartinasidagi pari Din-Din obrazini ijro etish uchun qora tanli aktrisa Yara Shahidini tanlagani bois qattiq tanqid qilishdi.

Tvitterda foydalanuvchilar “Aktrisa bu rolga iste’dodi tufayli emas, irqi tufayli tanlangan” deya “Men Bell, Ariel va Din-Dinni bolaligimdan yaxshi ko‘rardim. Bell obrazi filmda ham juda chiroyli chiqqandi, lekin mening Ariel va Din-Dinni katta ekranda ko‘rish orzum barbod bo‘ldi","Endi Rayan Gosling Martin Lyuter Kingni ijro etsin","Oshirib yuborishdi, bu inklyuzivlik emas, balki zo‘ravonlik. Ular o‘zlarini shu qadar inklyuziv deb o‘ylashadi, lekin afroamerikalik hech qachon Tarzanni o‘ynamaydi", degan fikrlar bildirishgan.

Avvalroq OAVda 20 yoshli "Voyaga yetganlar" filmi yulduzi Yara Shahidining "Piter Pen" filmida Jud Lou va Milla Yovovichning qizi bilan birga o‘ynashi haqida xabar berilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!