Diplom yo‘qolgan yoki eskirgan bo‘lsa dublikati qanday olinadi?

Diplom yo‘qolgan yoki eskirgan bo‘lsa dublikati qanday olinadi?

Ma’lumotini tasdiqlovchi hujjati (diplom, sertifikat) yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan, familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgarganda jismoniy shaxslar hujjatning dublikatini berish uchun davlat xizmatlari markazlariga borib yoki YAIDXP my.gov.uz orqali murojaat qilishlari mumkin.

Bunda jarayon quyidagicha kechadi:

Ariza beruvchi DXMga kelib murojaat etganda xodim ariza beruvchi nomidan so‘rovnomani elektron to‘ldiradi.

So‘rovnoma YAIDXP orqali to‘ldirilganda, elektron raqamli imzo talab etilmaydi.

Davlat xizmati uchun BHMning 1 baravari (300 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.

Yig‘imni to‘lamaslik xizmat ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilsa, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga 5 ish kuni muddat beriladi.

So‘rovnoma tushgandan boshlab 10 ish kunida hujjat dublikati rasmiylashtiriladi va bu haqida ariza beruvchiga xabar beriladi.

Ariza beruvchi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat dublikatini vakolatli organdan olib ketadi.

Talabgorning xohishiga ko‘ra, hujjat dublikati vakolatli organ tomonidan pochta xizmati orqali yuborilishi mumkin.

Bunda pochta uchun to‘lovlarni ariza beruvchi to‘laydi.

Dublikat asl nusxa bilan bir xil yuridik kuchga ega.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!