Diniy ta’lim muassasalarida qaysi fanlardan imtihon olinishi e’lon qilindi

Diniy ta’lim muassasalarida qaysi fanlardan imtihon olinishi e’lon qilindi

Diniy idora matbuot xizmatining xabar berishicha, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlar quyidagi fanlar bo‘yicha ijodiy imtihon va test sinovlari topshiradilar.

Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasi bo‘yicha:

- Fiqh va aqoid (test sinovi) 30 X 3,1 – 93 ball;

- Arab tili (og‘zaki, ijodiy imtihon) 63 ball;

- O‘zbekiston tarixi (test sinovi) 30 X 1,1 – 33 ball.

Hadis ilmi maktabi bo‘yicha:

- Hadis va Mustalahul hadis (og‘zaki, ijodiy imtihon) 93 ball;

- Arab tili (og‘zaki, ijodiy imtihon) 63 ball;

- O‘zbekiston tarixi (test sinovi) 30 X 1,1 – 33 ball.

O‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari bo‘yicha:

- Xorijiy til (test sinovi) 30 X 3,1 – 93 ball;

- Tarix (test sinovi) 30 X 2,1 – 63 ball;

- Ma’naviyat va ma’rifat (test sinovi) 30 X 1,1 – 33 ball.

Qabul imtihonlari fanlari bo‘yicha maslahatlarni tashkil etish va imtihonlarni o‘tkazish sanasi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

2022-2023 o‘quv yili qabul jarayonlari bo‘yicha https://t.me/qabulmuslimuz telegram bot orqali qo‘shimcha ma’lumotlar olishingiz mumkin, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!