Dilso‘z: "Ajrashishimizni kutayotganlar ovora bo‘lmang..."

Dilso‘z: "Ajrashishimizni kutayotganlar ovora bo‘lmang..."

Dilso‘z va Farrux Raimov yarashib olishdi.

“Ko‘pchilik menga oxirgi payt erimni yomonlab, gij-gijlab, ularni menga yomon ko‘rsatishni boshladi. Balki oilamizning buzilishini xohlagandir. Erimning videomurojaatidan so‘ng jahl ustida ular haqida har xil gaplarni yozib tashladim. Yozganlarim uchun avvalo Allohdan, erimdan va yurtdoshlarimizdan uzr so‘rayman.

Sodda va ishonuvchanligim menga pand berdi. Shuni tushunib yetdimki, ayol kishi avvalo Alloh, keyin eriga itoat qilib yashashi kerak ekan. Erning aytgani aytgan bo‘lishi kerak ekan, begonalarning gap-so‘zlari emas. Xatoimni anglab yetdim, bundan keyin erimga itoat qilib yashayman.

Ajrashishimizni kutayotganlar esa ovora bo‘lmang, biz Xudo xohlasa baxtli bo‘lamiz”, — deydi Dilso‘z


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!