Deputatlarga endi kamroq maosh to‘lanadi

Deputatlarga endi kamroq maosh to‘lanadi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 2 dekabr kuni “Respublika byudjeti xarajatlarini optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda prezidentning matbuot xizmati ma’lum qildi.

Farmonga binoan Jogorku Kenesh (parlament) spikerining oylik ish haqi 30 ming so‘m (353 dollar), vise-spikerlarniki 27 ming so‘m (318 dollar) etib belgilandi. Fraksiyalar rahbarlari va qo‘mita raislarining maoshi 26 ming so‘m (306 dollar), deputatlarniki esa 25 ming so‘m (295 dollar) bo‘ldi.

Avvallari Jogorku Kenesh deputatlariga uy-joy uchun tovon puli to‘lanar edi, endi esa bekor qilindi va mavjud xizmat xonadonlari uy-joyi bo‘lmagan deputatlar o‘rtasida taqsimlanadigan bo‘ldi. Shuningdek, deputatlarga xizmat avtomobillari ajratilmaydi.

Qayd etilishicha, farmondan ko‘zda tutilgan maqsad davlat apparatini saqlash uchun byudjet xarajatlarini tejashdir. “Ushbu mexanizm murakkab iqtisodiy islohotlar davrida turli mamlakatlarda doimo muvaffaqiyatli qo‘llanilgan. “O‘z imkoniyatlarimiz doirasida yashash” shiori ostida Boltiqbo‘yi davlatlari, Sharqiy va Markaziy Yevropada (Estoniya, Latviya, Polsha, Chexiya, Vengriya) davlat boshqaruvi islohotlari amalga oshirilgan”, – deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Spiker, uning o‘rinbosarlari va oddiy deputatlarning oldingi maoshi qancha bo‘lganini prezident ma’muriyati ko‘rsatmagan, biroq deputatlarning o‘zlari o‘tgan yili maoshlari ustamasiz o‘rtacha 25-30 ming so‘mligini ma’lum qilgan edi.

2020 yilgi respublika byudjetidan Jogorku Keneshni uchun 786,6 million so‘m (9,27 million dollar) ajratilgan. 24.kg axborot agentligi jurnalistlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, parlamentning bir deputati uchun bir oylik o‘rtacha xarajat 330 ming so‘m (3890 ming dollar)ni tashkil qilgan. Ular deputatlar va tibbiyot xodimlari uchun xarajatlarni solishtirib chiqdi. Jumladan, 2020 yilning 6 oyi davomida Jogorku Keneshni saqlash uchun byudjetdan 320 million so‘mdan ortiq, Sog‘liqni saqlash vazirligiga esa qariyb 1 milliard so‘m sarflangan. Ammo mamlakatda bor-yo‘g‘i 120 deputat bor edi, tibbiyot xodimlari soni esa qariyb 62 ming. Ya’ni har bir deputat g‘aznaga 2,7 million, tibbiyot xodimi esa bor-yo‘g‘i 16 ming so‘mdan tushgan.

Bundan tashqari, har bir deputat har oyda qo‘shimcha 40 ming so‘m olgan, bu pulni uyali aloqa, benzin, avtomashinasini ta’mirlash va ofis jihozlari uchun sarflagan. Tibbiyot xodimlarida esa bunday imtiyoz yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, 28 noyabr kuni Qirg‘izistonda parlament saylovi bo‘lib o‘tdi. Endi deputatlar soni 120 emas, 90 nafar bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!