Dembele Yamalni ortda qoldirdi — ESPN dunyo futbolchilari reytingini e’lon qildi
«PSJ» hujumchisi Usmon Dembele ESPN tuzgan dunyoning eng yaxshi futbolchilari reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Mega PSG xabar berdi.
Reytingda «Barselona»ning yosh yulduzi Lamin Yamal ikkinchi o‘rinni oldi. Kuchli uchlikni yana bir «PSJ» futbolchisi Xvicha Kvarasxeliya yakunladi.
«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn 4-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, uning jamoadoshi Maykl Olise 5-pog‘onada qayd etildi.
«Manchester Siti» forvardi Erling Xoland 6-o‘rinni egalladi. «Real» hujumchisi Kilian Mbappe esa 7-pog‘onadan joy oldi.
Kuchli o‘nlikni Xulian Alvares, Vinisius Junior va Deklan Rays yakunlab berdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
