Dekabrda Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga rasmiy tashrifi rejalashtirilmoqda

Dekabrda Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga rasmiy tashrifi rejalashtirilmoqda

Bundan Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning O‘zbekiston rahbariga yo‘llagan qutlovidan ma’lum bo‘ldi.

“Siz va rafiqangiz bilan joriy yil dekabr oyida Koreyada uchrashishimni orziqib kutmoqdaman”, - deyiladi Mun Chje Inning Mirziyoyevning lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan yo‘llagan tabrigida.

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In 2019 yil aprelida davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lgan edi. Unga qadar 2017 yil noyabrida Shavkat Mirziyoyev u yerga safar qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!