Dekabr oyida Pastdarg‘omda yangi mikro GES ishga tushadi

Dekabr oyida Pastdarg‘omda yangi mikro GES ishga tushadi

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida yangi mikro gidroelektr stansiyasining qurilish ishlari yakunlanish arafasida. GES qurilishiga 3,283 milliard so‘m sarflangan va dekabr oyida yangi mikro gidroelektr stansiyasi ishga tushiriladi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, GES “Tupalang HPD BUILDING” unitar korxonasi tomonidan qurilmoqda. Ushbu GES qurilishga 3,283 milliard so‘m sarflangan.

Ta’kidlanishicha, yangi mikro GES ishga tushgach, soatiga 230 kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqariladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!