Dehqonobodda respublikaning 5 ta viloyatidan yig‘ilgan 360 nafar bokschi yoshlar o‘zaro bellashdi

Dehqonobodda respublikaning 5 ta viloyatidan yig‘ilgan 360 nafar bokschi yoshlar o‘zaro bellashdi

Qashqadaryo viloyatining, Dehqonobod tumanida 8 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan charm qo‘lqop ixlosmandlari uchun boks kechasi tashkil etildi.  Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Surxondaryo, Sirdaryo va qashqadaryolik yosh sportchilar o‘zaro bellashdi. Bu haqda tuman hokimligi ma’lum qilmoqda. 

Tumanning Beshbuloq shaharchasida joylashgan sport majmuasida tashkil etilgan tuman birinchiligida, 5 ta viloyatdan jam bo‘lgan 360 nafar sportchi yoshlar o‘zaro bellashdi. Musobaqada 2008-2009 yillarda tug‘ilgan sportchilar o‘rtasida 26 kg toifasida qashqadaryolik Ozodbek Eshpo‘latov birinchilikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 28 kg toifasida qaraqalpog‘istonlik Erboy Esirmurodovga teng keladigani topilmadi. 30-32 kg vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasida ham qashqadaryoliklar ustun kelgan bo‘lsa, 36 kg vazn toifasida birinchilik jizzahlik charm qo‘lqop ustasi Azizbek Azizovga nasib etdi.


Musobaqada 2006-2007 yillarda tug‘ilgan, 34 kg vazn toifasidagi bokschilar o‘rtasida qoraqalpog‘istonlik sportchilar ilg‘orlik qilishgan bo‘lsa, 42-48-54 kg vaznda mezbonlar musobaqada tengsiz ekanligini ko‘rsatishdi.

  
Ma’lum bo‘lishicha, boks kechasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatidan kelgan sportchilar bilan birgalikda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi, Qamashi, Qarshi, G‘uzor, Nishon, Yakkabog‘, Koson va Dehqonobod tumani sportchilari ham ringgga chiqishgan. 


Musobaqa yakuniga ko‘ra, 35 ta 1 o‘rin, 35 ta 2 o‘rin, 70 ta 3 o‘rin sohiblariga oltin, kumash va bronza medallar shuningdek tuman hokimligi homiyligi hisobidan 20 million so‘m mablag‘ evaziga qimmatbaho sovg‘alar ulashilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!