Dehqonobodda Kamaz va Gentra to‘qnashdi. Qurbonlar bor

Dehqonobodda Kamaz va Gentra to‘qnashdi. Qurbonlar bor

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida “Kamaz” yuk mashinasi va Gentra to‘qnashgan. Oqibatda ikki kishi vafot etgan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, bugun 2021 yil 27 noyabr kuni soat 14:30 larda M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Dehqonobod tumani Bibiqorasoch mahallasi hududidan o‘tgan 1269-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Dehqonobodda Kamaz va Gentra to‘qnashdi. Qurbonlar bor

Foto: Dehqonobod tumani hokimligi

Kitob tumanida yashovchi haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Gentra G‘uzor—Termiz yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotib o‘zidan oldinda bo‘lgan avtobusni quvib o‘tish uchun qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan. So‘ng, ro‘paradan kelayotgan Dehqonobod tumani Otqamar mahallasida yashovchi fuqaro boshqaruvida bo‘lgan “Kamaz" yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

Oqibatda, Gentra yo‘lovchilari J.P. va Z.P. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Haydovchi va yana bir yo‘lovchi tan jarohatlari olib tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgach, yashash uyiga javob berilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!