Davron Tulyaganov Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga bosh direktor etib tayinlandi

Davron Tulyaganov Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga bosh direktor etib tayinlandi

Cog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali direktori lavozimida ishlab kelgan Tulyaganov Davron Baxtiyarovich Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga bosh direktor etib tayinlandi.

Tibbiyot fanlari doktori Davron Tulyaganov ko‘p yillar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi tizimida turli vazifalarda ishlab kelgan. 2016-2017 yillarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh shifokor muovini vazifasini bajaruvchi bo‘lgan.

Birlashtirilgan shoshilinch tibbiy yordam xizmati tarkibiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning 13 ta viloyat filiali, 176 ta tuman va shahar tibbiyot birlashmalarining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlari, 2400 dan ortiq tez tibbiy yordam brigadasi, sanitar-aviasiya xizmati va favqulotda vaziyatlarda aholini tibbiy ta’minlash tezkor brigadalari kiradi. 
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!