“Davrbank”dan 15 mlrd so‘m pul o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi

“Davrbank”dan 15 mlrd so‘m pul o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi

2022 yil 7 iyul kuni 1976 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zining jinoiy sheriklari bilan poytaxtdagi “Davr bank” XATB tizimiga ruxsatsiz kiradi hamda 15 milliard so‘m miqdordagi pullarni sherigining nomiga ochilgan plastik kartalarga o‘tkazgan.

So‘ng u mazkur pullarning 11 mlrd 453 mln so‘m miqdorini o‘zlashtirgan. Yechib olingan pullar jinoiy guruh a’zolari o‘rtasida taqsimlangan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (“Juda ko‘p miqdorda o‘g‘rilik”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tezkor tergov harakatlari natijasida 11 nafar fuqaro gumonlanuvchi sifatida jalb qilinib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi tanlangan. Shuningdek ikki nafar gumonlanuvchilar 1986 yilda tug‘ilgan Umarov Sanjar Ravshanovich hamda 1988 yilda tug‘ilgan Abduraxmonov Eldor Shuxratovichlarni ushlash choralari ko‘rilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!