“Davlatlar tibbiy niqob uchun kurash olib boryapti”

“Davlatlar tibbiy niqob uchun kurash olib boryapti”

Germaniya sog‘liqni saqlash vaziri Yens Shpan bir necha davlat Xitoyda ishlab chiqarilgan tibbiy niqoblar uchun kurash olib borayotganini aytdi, deya xabar bermoqda “Evronyus”. 

Bir necha kun avval Fransiya Xitoyday buyurtma qilgan niqoblarga AQSh ikki baravar pul to‘lab “ilib” ketgan. Fransiyaning o‘zi esa Italiya va Ispaniyaga jo‘natilgan 4 millionta niqobni olib qo‘ygan. 

AQSh nafaqat Fransiyaning, balki Germaniya va Kanadaning buyurtmalarini ham o‘zini qilib olgan. Xususan, Berlin Xitoydagi amerikalik ishlab chiqaruvchiga buyurtma bergan FFP2 va FFP3 turdagi niqoblar Germaniyaga olib kelinayotgan paytda AQShga qarab ravona bo‘lgan. 

“Bu yaxshi emas, ammo mazkur holat talab yuqori ekanini ko‘rsatadi”, – dedi Shpan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!