Davlatimiz rahbari so‘zining yakunida O‘zbekiston raisligidagi maqsadlarga erishishda faol ko‘mak uchun hamkasblariga samimiy minnatdorlik bildirdi

Davlatimiz rahbari so‘zining yakunida O‘zbekiston raisligidagi maqsadlarga erishishda faol ko‘mak uchun hamkasblariga samimiy minnatdorlik bildirdi

“Samarqand – biz SHHTni tuzishda asos qilib olgan bag‘rikenglik va turli xalqlarning an’ana va qadriyatlariga hurmat tamoyillari asrlar davomida hayotga tatbiq etilgan jonli namunadir”, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Hozirgi kunda geosiyosiy raqobat, mafkuraviy ziddiyat va bahslardan xoli bo‘lgan bunday muloqot favqulodda zarurligi bois O‘zbekiston sheriklarga umumiy xavfsizlik va farovonlik yo‘lidagi Samarqand birdamligi tashabbusini taqdim etadi.

Bu tashabbusning maqsadi – bizning umumiy kelajagimizga befarq bo‘lmagan, ixtiloflarga qaramasdan kelishilgan yondoshuvlar va qarorlarni izlashga tayyor, "Samarqand ruhi" tamoyillariga hamfikr bo‘lganlarning barchasini global sivilizasiyalararo muloqotga jalb qilishdir.

Uning amaliy ijrosiga doir masalalarni siyosiy yetakchilar, jamoatchilik, ishbilarmonlar, akademik va ekspert doiralarining nufuzli vakillari ishtirokida kelgusi yili Samarqand xalqaro forumida birgalikda ko‘rib chiqish taklif etildi.

Davlatimiz rahbari so‘zining yakunida O‘zbekiston raisligidagi maqsadlarga erishishda faol ko‘mak uchun hamkasblariga samimiy minnatdorlik bildirdi.

“Ishonchim komilki, bugun qabul qilinayotgan hujjatlar va qarorlar mamlakatlarimiz va xalqlarimiz taraqqiyoti hamda farovonligi yo‘lida mintaqaviy va global xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Shanxay hamkorlik tashkiloti yanada izchil rivojlanishiga hamda Tashkilotimiz nufuzining yuksalishiga munosib hissa bo‘lib qo‘shiladi”, dedi Prezidentimiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!