Davlat xizmatiga qabul qilingan tadbirkorlar faoliyatini to‘xtatib turishning huquqiy asoslari yaratilmoqda

Davlat xizmatiga qabul qilingan tadbirkorlar faoliyatini to‘xtatib turishning huquqiy asoslari yaratilmoqda

📁 Tadbirkor davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinganidan so‘ng tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatib turish tartibini belgilab beruvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqildi va jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

🔰Loyihada quyidagilar belgilanmoqda:

🔸 davlat fuqarolik xizmatchisi o‘zining biznesi mavjudligi haqida vakolatli organlarni xabardor qiladi va tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatib turishning shakllaridan birini tanlaydi;
🔸 davlat fuqarolik xizmatchisiga o‘zining mehnat faoliyatida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha majburiyat yuklatiladi;
🔸 tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatib turish holati Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan monitoring qilib boriladi;
🔸 o‘zining biznesi mavjudligi faktini yashirganlik holatlari aniqlanganda, davlat fuqarolik xizmatchisiga 10 kun muddat beriladi va xizmatchi ushbu muddat ichida tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatadi yoki davlat xizmatidagi faoliyatini yakunlaydi.

🔰 Davlat fuqarolik xizmatchisi tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatib turishning quyidagi shakllaridan birini tanlaydi:

🔹agar davlat fuqarolik xizmatchisi xususiy korxona mulkdori bo‘lsa, korxonadagi rahbarlik vazifasini bajarib turishni boshqa jismoniy shaxs zimmasiga yuklash, ya’ni korxonani vaqtincha boshqaruvga berish bo‘yicha qaror chiqarish;

🔹mol-mulkni ishonchli boshqaruvga topshirish;

❕Fuqarolik qonunchiligiga asosan ishonchli boshqarish ob’ektlari korxonalar va boshqa mol-mulk komplekslari, ko‘chmas mulkka mansub bo‘lgan alohida ob’ektlar, qimmatli qog‘ozlar, alohida huquqlar va boshqa mol-mulkdan iborat bo‘lishi mumkin.

🔹tadbirkorlik faoliyati sub’ektining muassislari (ishtirokchilari) tarkibidan ixtiyoriy ravishda chiqish.

✅ Davlat xizmatiga kirganda o‘z biznesini ishonchli boshqaruvga berish amaliyoti ko‘pchilik xorijiy davlatlarda (Qozog‘iston, Gruziya, Rossiya Federasiyasi, Kanada, Janubiy Koreya) yo‘lga qo‘yilgan.

⚠️ Davlat fuqarolik xizmatchisi o‘zi ishlaydigan davlat organining nazorat ostidagi tashkilot ulushlariga egalik qilayotgan bo‘lsa, mol-mulkni ishonchli (vaqtincha) boshqaruvga berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday hollarda xizmatchi ularni realizasiya qilishi yoki davlat xizmatidan ketishi kerak bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!