Davlat test markazi nogironligi tasdiqlanmagan abituriyentlarga murojaat qildi

Davlat test markazi nogironligi tasdiqlanmagan abituriyentlarga murojaat qildi

Ayni damda ayrim abituriyentlar tomonidan nogironligim tasdiqlangani to‘g‘risida nima sababdan menga SMS kelmadi, degan murojaatlar ko‘paymoqda.

Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov mazkur masalada ularga murojaat qildi.

Qayd etilishicha, hozirda hogironligi bor bo‘lgan abituriyentlarning ma’lumotlari tegishli tashkilot tomonidan tekshirilmoqda.

"Bu imtiyozni qayta tekshirishdan asosiy maqsad nogironligi bo‘lmagan abituriyent nogironligim bor deb kiritgan bo‘lsa va u alohida kvotada qatnashib tavsiya etilgan taqdirda ham oliy ta’lim muassasasi uni o‘qishga qabul qilmaydi. Shu sababli uni qayta tekshirish uchun yuborilgan.

Test sinovlarida ishtirok etish uchun nogironlikni tasdiqlangani yoki tasdiqlanmaganini aloqasi yo‘q, nogironligi tasdiqlangan abituriyentlar faqatgina tanlovda alohida kvotada ishtirok etadi. Nogironligi bor abituriyentlarning ma’lumotlari tasdiqlanib kelgandan so‘ng ularga SMS xabar yuboriladi",- deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!