Davlat mudofaa buyurtmasining asosiy vazifalari belgilandi

A A A
Davlat mudofaa buyurtmasining asosiy vazifalari belgilandi

«Davlat mudofaa buyurtmasi to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ–1087-son, 04.10.2025 y.) qabul qilindi. Qonun, davlat mudofaa buyurtmasi sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Davlat mudofaa buyurtmasi – O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini qurollantirish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlarni xarid qilish uchun davlat buyurtmasi hisoblanadi.

Davlat mudofaa buyurtmasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • mamlakatning milliy manfaatlaridan, jahondagi va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyatdan, harbiy sohada milliy xavfsizlikka bo‘lgan tahdidlar darajasidan, zamonaviy harbiy mojarolarning xususiyatidan kelib chiqqan holda, davlat mudofaa buyurtmasini shakllantirish, tasdiqlash va bajarish;
  • buyurtmachilarni harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar bilan o‘z vaqtida hamda kafolatli tarzda qurollantirish va ta’minlash;
  • davlat mudofaa buyurtmasi uchun ajratilgan moliyaviy resurslardan maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlash.

Davlat mudofaa buyurtmasining loyihasi Davlat komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va uning qarori bilan tasdiqlanadi.

Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan davlat mudofaa buyurtmasi navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqishda inobatga olinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Cobalt’ning O‘zbekistondagi sotuvlari 2 baravargacha tushib ketdi

2026 йилнинг биринчи ярмида UzAuto Motors қарийб 83 мингта Cobalt ишлаб чиқарган, аммо шундан атиги 41 мингтаси маҳаллий харидорларга сотилган.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi

«Манчестер Сити»нинг норвегиялик ҳужумчиси Эрлинг Ҳоландга Гиннесснинг рекордлар китобидан тўртта сертификат топширилди.