Davlat ijrochilari harakatlarida g‘ayriqonuniy holat kuzatilmagan

Davlat ijrochilari harakatlarida g‘ayriqonuniy holat kuzatilmagan

Ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqand viloyati Ishtixon tumani MIB xodimlari qarzdorligi bor fuqaroni shu ahvolga solib ketdi” mazmunidagi xabar tarqalgan.
Aniqlanishicha, 2022 yilning 8 avgust kuni Ishtixon tumani G‘.G‘ulom ko‘chasida joylashgan “Asliddin Durdona” oilaviy korxonasiga qarashli avtomashina ustaxonasida fuqaro Musayev Olimjon o‘zining tanish ustalari bilan o‘zaro gaplashib turgan vaqtda, Byuroning Ishtixon tuman davlat ijrochisi T.Haybarov va K.Normurodovlar “Neksiya 3” rusumli davlat raqami 30 T 608 QA bo‘lgan avtotransport vositasi bilan kelib, qarzdor O.Musayevga nisbatan mavjud ijro hujjatining ijrosini ta’minlash masalasida davlat ijrochisi T.Haybarov qarzdorni oldiga chaqirtirganligi va qarzdor kelmasdan rad javobini berganligi bois, o‘zaro kelishmovchilik natijasida ular o‘rtasida tortishuv yuzaga kelgan.

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi davomida, Byuroning Ishtixon tuman bo‘limi ish yurituvida qarzdor O.Musayev bilan bog‘liq 7 ta ijro hujjatlari mavjudligi aniqlandi.

Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Ishtixon tumanlararo sudning 02.10.2020 yildagi qarzdor O.Musayevdan davlat foydasiga 223.000 so‘m davlat boji undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan 23.10.2020 yilda 140420012778-sonli, sudning 31.01.2022 yildagi qarzdor O.Musayevdan undiruvchi S.Jamilovaning foydasiga ikki nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun 1/3 qism miqdorida aliment undirishi to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan 07.02.2022 yilda 140422005218-sonli, sudning 25.02.2022 yildagi qarzdor O.Musayevdan undiruvchi S.Jamilovaning foydasi bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravarida uch yoshgacha moddiy ta’minot undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan 07.04.2022 yilda 140422013803-sonli hamda sudning 25.02.2022 yildagi 270.000 so‘m davlat boji undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan 04.04.2022 yilda 140422013802-sonli ijro ishlari yuritilmoqda. yuritilayotgan bo‘lib, ushbu hujjatlar bo‘yicha bugungi kunga qadar ijro harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, bo‘lim tomonidan JIB Ishtixon tuman sudning 17.02.2022 yildagi fuqaro O.Musayevni MJtKning 41-moddasigada nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilganligi bois, undan 540.000 so‘m ma’muriy jarima jarima undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan 29.03.2022 yilda 140422012452-sonli, Samarqand viloyat IIB YHXBning 02.03.2022 yildagi 270.000 so‘m ma’muriy jarima undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan 140422018425-sonli hamda IIB YHXBning 12.03.2022 yildagi 270.000 so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan 140422021565-sonli ijro ishlari yuritilayotgan bo‘lib, ushbu hujjatlar bo‘yicha bugungi kunga qadar ijro harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun: davlat ijrochilari tomonidan fuqaro O.Musayevga nisbatan jismoniy kuch ishlatib haqoratlaganligi to‘g‘risidagi murojaatda keltirilgan vajlari o‘z tasdig‘ini topmagan.

Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!