Davlat fuqarolik xizmatidagi rahbarlik lavozimlariga xotin-qizlarni maqsadli tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yildi

Davlat fuqarolik xizmatidagi rahbarlik lavozimlariga xotin-qizlarni maqsadli tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yildi

Xotin-qizlarning jamiyat va davlat boshqaruvida faol ishtirok etishi bugungi kunning dolzarb masalasidir. Milliy siyosatimiz markazida turadigan eng ezgu maqsad – oilalar mustahkamligini, ayollarimizning huquqiy himoyasi va osoyishta hayotini ta’minlashdan iborat.

Xotin-qizlarning ijtimoiy, siyosiy faolligi va davlat boshqaruvida qarorlar qabul qilish jarayonidagi ishtiroki mamlakat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega.

Darhaqiqat, xotin-qizlarning o‘z zimmasidagi vazifalar ijrosiga mas’uliyat bilan yondashishi, ulardagi ishchanlik salohiyati, muloqot ko‘nikmalari, tezkor va qat’iyatlik bilan qaror qabul qila olish mahorati, bu jarayonlarda boshqa insonlar fikrlarini ham inobatga olib, xulosa qila olish xususiyati – davlat xizmatida ularning o‘ziga xos o‘rin tutishini namoyon qiladi.

Shu tufayli, davlat boshqaruvida xotin-qizlar salmog‘ini oshirish, xususan, salohiyatli rahbar ayollar korpusini shakllantirish – davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish kun tartibidagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Ta’kidlash kerak, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan ochiq tanlovlar yo‘lga qo‘yilganidan so‘ng amalda barcha uchun bir xil talablar belgilandi, ish beruvchi, kadrlar boshqarmasi vakillari va nomzodlar o‘rtasidagi inson omili cheklandi. Bu albatta, xotin-qizlarning davlat xizmatiga kirish imkoniyatlarini yanada kengaytirdi.

Raqamlarda fikrimizni asoslaydigan bo‘lsak, avvallari ayollar davlat xizmatiga kirganlarning 5-8 foizini tashkil etgan bo‘lsa, endi tanlov g‘oliblarining qariyb 34 foizini xotin-qizlar tashkil etmoqda.

Aniqroq qilib qayd etsak, bugungi kunga qadar ochiq tanlovlarda 3,7 mln nafar nomzodlardan arizalar kelib tushgan bo‘lsa, shulardan 20 foizini ayollar tashkil etdi. Mazkur tanlovlarda g‘olib bo‘lgan 78 900 nafar fuqarolarimizning 26 300 nafari (33%) xotin-qizlardir. Buni kadrlar siyosatidagi katta yutuq sifatida e’tirof etsak bo‘ladi.

Shuningdek, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan respublikamizda rahbarlik lavozimlar uchun shakllantirilgan Milliy kadrlar zaxirasida xotin-qizlar salmog‘i 2023 yilga nisbatan 2 barobar oshirildi.

Ta’kidlashimiz joiz, endilikda “Mahalladan — respublikagacha” tamoyili asosida xotin-qizlar ham yuqori lavozimlarga tayinlanmoqda. Xususan, yangi tizimga ko‘ra, mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari orasidan 1 000 nafari Salohiyatli kadrlar rezerviga saralab olindi. Nomzodlar uchun maxsus Dastur tayyorlandi, malakasi oshirildi va ularni turli mas’ul lavozimlarga tayinlash jarayonlari amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, Agentlik tomonidan 29 ta respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida hamda ularning Sirdaryo viloyatidagi 7 ta hududiy boshqarmasida faoliyat olib borayotgan 83 nafar xotin-qizlar uchun sinov tariqasida moslashuvchan ish rejimi aprobasiyasiyadan muvaffafiyatli o‘tkazildi. Endilikda, davlat xizmatida barcha uchun shunday maqbul rejimlarni yo‘lga qo‘yish choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, bugungi kunga qadar xotin-qizlarni rahbarlik lavozimlariga maqsadli tayyorlashga qaratilgan “Rahbar ayollar maktabi” o‘quv dasturining 3 ta mavsumi doirasida 143 nafar ayollar o‘qitildi. O‘quvlar yakuniga ko‘ra, ushbu tinglovchilar Milliy kadrlar zaxirasiga kiritildi.

Agentlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda joriy yilning avgust-noyabr oylarida “Rahbar ayollar maktabi” dasturining 4-mavsumi uchun nomzodlarni saralash jarayoni o‘tkazildi.

Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tavsiya etilgan xotin-qizlar orasidan 300 nafar hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tavsiyasi bilan yuqori natija ko‘rsatgan, yetuk va tashabbuskor 250 nafar ayol maktab direktorlari saralab olindi. Bunda jami 550 nafar salohiyatli xotin-qizlar ro‘yxati shakllantirildi.

Saralab olingan nomzodlarning bilim darajasini aniqlash uchun o‘tkazilgan Milliy kadrlar zaxirasi test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 150 nafar xotin-qizlar bilan suhbatlar tashkil etildi. Test sinovlari va suhbat natijalariga asosan eng yuqori natijalarga erishgan 100 nafar xotin-qizlar “Rahbar ayollar maktabi”ning yangi mavsumi o‘quvlarida ishtirok etish uchun tavsiya etildi. Hozirda o‘quv jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Qayd etish joiz, Prezidentimiz boshchiligidagi islohotlarni samarali amalga oshirish uchun bugungi kunda rahbarlardan iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ko‘proq bilimlar talab qilinmoqda.

E’tiborli jihati, ushbu mavsumning o‘quv dasturi takomillashtirildi, xususan, dastur raqamli iqtisodiyot, aholini kambag‘allikdan chiqarish, tadbirkorlik ekotizimi va “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish sun’iy intellekt asoslari va loyihalarda qo‘llanilishi, muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mavzular bilan yanada to‘ldirildi.

Bundan tashqari, dars mashg‘ulotlariga o‘z amaliy tajribalari bilan bo‘lish va shaxsiy namuna sifatida yuqori lavozimdagi rahbarlar, vazirliklar va idoralar, tijorat banklarining tajribali rahbar va mutaxassislarini jalb etish rejalashtirilgan.

Bu esa ko‘p sonli nomzodlar orasidan saralangan xotin-qizlarizni yuqori rahbarlik lavozimlariga maqsadli tayyorlashda eng zamonaviy bilimlar asosida malaka oshirish jarayonlari tashkil etish imkoniyatini beradi.

Albatta, Gender tenglikka erishish strategiyasida ham boshqaruvda ayollarning sonini bosqichma-bosqich oshirish bo‘yicha vazifalarimiz belgilangan.

Maqsadimiz 2030 yilga kelib, davlat fuqarolik xizmatida xotin-qizlarning nafaqat sonini, balki ularning bilim va salohiyatini yanada oshirish, shuningdek, ayol davlat xizmatchilarning uzluksiz kasbiy va shaxsiy rivojlanishi uchun maqbul samarali tizim orqali ularni rahbarlik lavozimlariga maqsadli tayyorlashning shaffof va samarali tizimini takomillashtirishdir.

Xabaringiz bor, “O‘zbekiston–2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Loyihaning IV bo‘limi Qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yo‘nalishining 81-maqsadida Davlat xizmatining rahbarlik lavozimlariga xotin-qizlarni maqsadli tayyorlash tizimini yaratish, bunda iqtidorli xotin-qizlar orasida “Rahbar ayollar maktabi”ga qabul doirasida maqsadli tanlovlar e’lon qilinib, 100 nafar xotin-qizlarning maxsus o‘quv dasturi asosida boshqaruvga oid ko‘nikmalarini oshirish, onlayn o‘quvlar orqali 20 ming nafardan ortiq xotin-qizlarning bilimlari va kasbiy ko‘nikmalarini oshirish nazarda tutilmoqda.

Davlat xizmatida xotin-qizlarni salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan tizimlar esa bevosita davlat xizmati sifatiga va natijadorligiga ta’sir o‘tkazadi. Albatta, ushbu dastur – mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy xabardorlik darajasini oshirish, kasbiy bilimlarini yuksaltirish hamda davlat xizmatida ayollar uchun o‘zaro tajriba va malaka almashishga qulay ijtimoiy muloqot maydoni vazifasini o‘taydi.

Shu asosda, mazkur tizim eng salohiyatli xotin-qizlarni davlat xizmatiga yanada keng jalb qilish, umuman olganda, ayollarning jamiyatdagi faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

O‘zbekistonda pensiya va nafaqalar miqdori oshirilishi mumkin

Жорий йилнинг 4 февралида Статистика агентлиги «2024 йил декабр ойида ўтган йилнинг май ойига нисбатан ҳисобланган истеъмол нархлари индексидан келиб чиқиб, 2025 йил учун ҳисобланган минимал истеъмол харажатлари (МИХ) қиймати бир ойда киши бошига 669 минг сўмни ташкил этгани»ни маълум қилди.

Uchta Chevrolet eng serxarajat avtomobillar o‘nligiga kirdi

Автомобилдан фойдаланиш давридаги харажатлар машина танлашдаги муҳим жиҳатлардан ҳисобланади. Ҳар доим ҳам автомобилнинг нархи тўғри кўрсаткич эмас, нархи арзонроқ машина кейинчалик кўп чиқимга сабаб бўлиши ҳам ҳеч гапмас.

Rossiyada dollar narxi keskin tushib ketdi

Россия Марказий банки 2024 йил октябридан бери илк бор долларнинг расмий курсини ₽97 пастга туширди.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi

Бу ҳақда Қашқадарё вилоят мусиқали драма театри матбуот хизмати хабар берди

Maykl Jeksonning 2025 yildagi sof boyligi qancha ekanligi e’lon qilindi

Бугунги кунда Майкл Жексоннинг бойлиги қанчага баҳоланиши мумкин?

Nemislar ko‘p narsalarni to‘g‘ri qilgan

НАТО раҳбарига кўра, Германия мудофаа харажатларини кўпайтириши зарур.

Ronaldu "Real"ga qaytishi mumkin

Бу ҳақда Роналдунинг испаниялик журналист Эдуардо Агиррега берган интервьюсига таяниб, Спорт24 хабар берди.

Rossiyaning puxta ishlangan maxfiy rejasi oshkor bo‘ldi

Россия Туркияда АЭС ниқоби остида Америка санкцияларини четлаб ўтиш учун “доллар захираси” яратмоқчи бўлган.

O‘zbekistonlik taniqli aralash yakka kurash ustasi Shohasan Mirzamatov avtofalokatga uchradi

Бу ҳақда Қозоғистоннинг Octagon лигаси матбуот хизмати хабар берди.

Rossiya jimgina o‘zining do‘stiga savdo tariflarini joriy etmoqda

2022 йилгача Россиянинг автомобиль бозори дунёдаги энг йирик 10 таликка кирган бўлиб, кўпчилик автомобиллар Ғарб компаниялари томонидан ишлаб чиқариларди.

13—17 yanvar kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

“Ўзгидромет” 13—17 январь кунларига об-ҳаво прогнозини эълон қилди.

Aktrisa Feruza Normatova kiberbullingga uchradi

Бунақасига биринчи марта дуч келишим. Қип-қизил кибербуллинг, мен ҳатто маниакал кибербуллинг деган бўлардим.

Ruslar mitingga chiqdi

"Бироқ биз доимо: "Сизлар учун пул йўқ", деган гапни эшитамиз".

Olimlar yadro qishidan omon chiqa oladigan beshta davlatni sanab o‘tishdi

Тадқиқотчиларнинг фикрича, Австралия, Янги Зеландия, Исландия, Вануату ва Соломон ороллари аҳолиси омон қолиши мумкин.

Bu hafta qor yog‘ishi kutilmoqda

Мамлакатнинг марказий ва жануби-шарқий вилоятларида 29-31 январда вақти-вақти билан қор ёғади.

Mashina sotib olish yanada osonlashadi

Президент раислигидаги йиғилишда кўплаб автосалонлар автомобиль хариди учун пул тўлиқ тўланса чегирма бераётгани таъкидланди.

Geologlar ulkan oltin zaxirasini topib oldi

Узоқ вақт ер остида яшириниб ётган кон яқинда топилди ва ундаги олтин миқдори ҳайратланарли даражада кўп эканлиги аниқланди.

Vladimir Putin Shimoliy Koreya qo‘shinlari Kursk viloyatidan sharmandalarcha chekinishi tufayli dovdirab qoldi

Россиянинг Курск вилоятида жанг қилиш учун юборилган шимолий кореялик аскарлар бир неча ҳафтадан бери кўринмаётгани ҳақида хабарлар тарқалмоқда.

Milliy gvardiyaga yangi vakolat bugundan berildi

Қонун расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.

UQK mudofaani yorib o‘tib, Rossiya ichkarisiga kirib bordi

Курск вилоятида Украина Қуролли кучлари механизациялашган ҳужумларнинг янги тўлқинини бошлади.

HAMAS ozod qilinishi lozim bo‘lgan ko‘proq asirlar nomlarini e’lon qildi, ammo Isroil kelishuvni buzmoqda

ҲАМАС баъзи исроиллик асирларнинг жасадларини топшира олмаслиги мумкинлигини билдирмоқда, чунки улар Ғазодаги вайроналар остида қолган 12 мингдан ортиқ жасадлар орасида.

Alyaska ustida samolyot g‘oyib bo‘ldi

Маҳаллий ҳокимият хабар беришича, Аляскада ўн нафар йўловчи ва учувчиси бор самолёт ғойиб бўлган.

Strategik muhim shahar uchun shiddatli janglar ketmoqda

Россия Мудофаа вазирлиги 7 февраль, жума куни Украинанинг Донецк вилоятидаги Торецк шаҳрини ўз назоратига олганини маълум қилди.

Filippinda samolyot qulashi natijasida 4 kishi halok bo‘ldi

Филиппин ахборот агентлиги хабар беришича, маҳаллий аҳоли ҳалок бўлганларнинг жасадларини вайроналар остидан олиб чиқишган.

Vashingtondagi daryodan harbiy vertolyot qoldiqlari topildi

Қутқарув хизматлари ҳозирда самолётнинг кичик бўлакларини қидиришга ўтган. Қидирув яна 10 кун давом этади.

Yuqori Chirchiqda uy yonib ketdi

Ёнғин ўчириш экипажлари ёнғин жойига соат 16:29 да етиб бориб, аланга соат 16:37да ўраб олинган ва соат 16:47 да тўлиқ ўчирилган.

Namoyishchilar Bangladesh sobiq bosh vazirining uyini yoqib yuborishdi

Facebookда жонли эфирга чиққан Хасина ҳужумни қоралади ва “адолат” талаб қилди.

Britaniya bankrotlik yoqasida

Фростнинг таъкидлашича, Британия фалокатга юз тутмоқда, чунки мамлакат банкротлик ёқасида. Унинг сўзларига кўра, бюджетни тўлдиришнинг барча мумкин бўлган усуллари вазиятни янада оғирлаштиради.

USAID xodimlari soni 34 barobarga qisqartiriladi

Улар Трамп маъмуриятини судга беришмоқда.

AQSh Isroilga "barcha bombalarning onasi"ni berdi

Трампнинг Яқин Шарқ бўйича махсус вакили Стив Виткофф Исроилга ядровий бўлмаган энг кучли тизимлардан бирини етказиб беришларини маълум қилди.

Tayvan 2029 yilda «sun’iy intellekt oroli»ga aylanishi kutilyapti

Дастурдан мақсад — Тайванни «сунъий интеллект ороли»га айлантириш.

Netanyaxu Trampga Xalqaro jinoiy sudga qarshi sanksiyalar joriy qilgani uchun rahmat aytdi

"Раҳмат, президент Трамп! ХЖСга қарши бу қарорингиз АҚШ ва Исроилни адолат ниқоби остидаги ғаразли ва коррупциялашган суддан ҳимоя қилади", — деди Нетаньяху.

Saudiya Arabistoni Trampning iltimosiga qaramay, neft narxlarini keskin oshirdi

Осиёга етказиб бериладиган асосий тур – Arab Light” нефтининг нархи март ойидан бошлаб ҳар баррел учун 2,4 долларга оширилади. Бу 2022-йил августидан бери энг катта ўсиш ҳисобланади.

Sirdaryo prokurorining katta yordamchisi kuchli ta’sir qiluvchi dori bilan ushlandi

Ундан 300 дона “Зардекс” ашёвий далил сифатида олинган.

Dunyoning ikkinchi o‘rindagi armiyasi eshaklarga o‘tmoqda

Россия ҳарбийлари ҳайратлантиришда давом этмоқда.

Ukrainaning yangi qarshi hujumi haqida hozirgacha nima ma’lum?

Украина Қуролли кучлари яна Курск вилоятига "қонли ҳужум"га ўтди.

Kongoda qamoqdan qochgan jinoyatchilar 160 dan ortiq ayolga zo‘ravonlik qilib, ularni tiriklay yoqib yubordi

БМТнинг маълум қилишича, тахминан 165-167 нафар аёлга жинсий зўравонлик қилинган.

Argentina Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini tark etishda AQShga ergashadi

Қарор Президент Доналд Трамп ўзининг иккинчи муддатининг биринчи кунида Қўшма Штатлар БМТ соғлиқни сақлаш органидан чиқишини эълон қилганидан икки ҳафта ўтиб қабул қилинди.

Sobiq merning ayanchli o‘limi

Набира ўзининг бобоси ва бувисини пул учун шафқатсизлик билан ўлдирди: жасадлар бир ой бочкада ётди, у эса машиналар ва қимматли буюмларни сотди.

Falastinliklarni majburan ko‘chirish etnik tozalash hisoblanadi

Ал-Жазира хабар берганидек, Малайзия Ташқи ишлар вазирлиги пайшанба куни фаластинликларнинг мажбуран кўчирилиши этник тозалаш ва халқаро ҳуқуқ ва БМТнинг кўплаб резолюцияларини бузиш эканлигини айтди.