Davlat boshqaruvi akademiyasi eng ilg‘or xorijiy tajribalar asosida transformasiya qilinadi

Davlat boshqaruvi akademiyasi eng ilg‘or xorijiy tajribalar asosida transformasiya qilinadi

Beshinchi yo‘nalish – davlat xizmatchilarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi.

“Hozirgi tez o‘zgarayotgan dunyoda har kuni yangi muammolar va masalalar kelib chiqmoqda. Shunday ekan, har bir mutaxassis o‘z ustida ishlab, yangi bilimlarni egallab borishi kerak”, dedi Prezident.

Shu paytgacha davlat xizmatchilarining atigi 20 foizi malaka oshirgan, bu – rahbarlar kesimida 1 foizga, o‘rinbosarlar bo‘yicha esa 5 foizga ham yetmagani ko‘rsatib o‘tildi.

Shuningdek, malaka oshirganlarning 50 foizdan ortig‘i o‘qitish sifatidan norozi.

Bu borada tayanch muassasa bo‘lgan Davlat boshqaruvi akademiyasi eng ilg‘or xorijiy tajribalar asosida transformasiya qilinadi.

Yig‘ilishda Prezident maslahatchisi Suma Chakrabarti videoaloqa orqali bu boradagi takliflarini bayon qildi.

Mutasaddilarga bir oy muddatda:

- xorijiy hamkorlar va nufuzli o‘quv markazlari bilan birga qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish;

- xorijiy mutaxassislarni jalb qilib, yangi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va yil yakuniga qadar 5 ming nafar davlat xizmatchisini o‘qitish topshirildi.

Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda vazirliklar tizimidagi 110 ta malaka oshirish markazi faoliyatini qayta ko‘rib chiqib, o‘qitish dasturlari va metodikalarini yangilash, ularga malakali mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha manzilli dasturni tasdiqlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!