Davlat banki rahbari o‘g‘irlab ketildi

Davlat banki rahbari o‘g‘irlab ketildi

16 noyabr kuni Kiyevda “Ukreksimbank” davlat banki rahbari Aleksandr Grisenko o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda “Pryamoy” telekanal xabar berdi.

“Qarindoshlarining so‘zlariga ko‘ra, noma’lum kimsalar uni farzandi bilan aylanib yurganida qora avtobusga tiqib olib ketgan”, deyiladi xabarda.

Grisenkoning oilasi polisiyaga murojaat qilgan. Shuningdek, bu ma’lumotning to‘g‘riligi hozircha rasman tasdiqlanmagan.

“Ukreksimbank” – Ukrainaning 1992 yilda tuzilgan eksport-import bilan shug‘ullanuvchi banki. Mamlakatdagi eng yirik banklardan biri, yuridik shaxslarning omonatlari bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Bank Ukrainadagi 14 ta muhim kreditlovchi tashkilotlar qatoriga kiradi. “Ukreksimbank”ning 100 foiz aksiyasi davlatga qarashli.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!