Daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun jarima 5 baravar ko‘p undiriladi

Daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun jarima 5 baravar ko‘p undiriladi

✅ Daraxtlar va butalarni kesishga moratoriyning amal qilishi muddatsiz davrga uzaytirilgan.

🗓 Moratoriy davrida amaldagi cheklov va majburiyatlar bilan birga qo‘shimcha ravishda huquqbuzarlarga:

🔹 moratoriy talablarini buzganlik uchun ma’muriy jarimalar miqdori 5 baravarga;
🔹 daraxtlar va butalarni kesish va shikastlantirish bilan yetkazilgan zarar uchun undirish summalari 2 baravarga oshirilgan holda qo‘llaniladi.

🚫 Daraxtlar va butalarni kesish, kundakov qilish, shikastlantirish yoki yo‘q qilishni nazarda tutuvchi ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan hukumat farmoyishlari, bayonnomalar, yozma topshiriqlar, idoraviy hujjatlar, hokimlarning ko‘rsatmalari va qarorlarini qabul qilish qat’iyan taqiqlanadi.

📁 Shuningdek, moratoriy talablarini buzgan qurilish-pudrat tashkilotlarining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi darajasi (reyting bahosi) bir pog‘ona pasaytiriladi.

☑️ Bunda:

🔹 darajasi pasaytirilgan qurilish-pudrat tashkilotlari 1 yil mobaynida reyting bahosini ko‘tarish imkonidan mahrum bo‘ladi;
🔹 darajasini pasaytirish imkoni bo‘lmagan qurilish-pudrat tashkilotlari 1 yil muddatga qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingidan to‘liq chiqarib tashlanadi.

⚠️ Aholi tomonidan Ichki ishlar vazirligi va Davlat ekologiya qo‘mitasining maxsus axborot tizimiga huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi fotosurat va videoyozuvlarni yuborgan shaxslar har bir tasdiqlangan holat bo‘yicha huquqbuzardan undirilgan mablag‘lar hisobidan BHMning 1 baravari (300 ming so‘m)ga teng miqdordagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!