Dani Alvesh 12 yilgacha qamalishi mumkin. "Pumas" u bilan shartnomani bekor qilmoqda

Dani Alvesh 12 yilgacha qamalishi mumkin. "Pumas" u bilan shartnomani bekor qilmoqda

«Barselona» va Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Dani Alves 4 yildan 12 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Bunga ismi oshkor etilmagan ayol tomonidan jinsiy zo‘ravonlik ayblovlari sabab bo‘lgan.

Yanvar oyida Alves haqida polisiyaga xabar berilgan. Unda mashhur futbolchi Barselonadagi tungi klubda bir qizni zo‘rlab, kaltaklagani aytilgan.

Alvesning o‘zi aybini tan olmaydi. U o‘zini polisiyaga topshirib, o‘ziga qo‘yilgan ayblovlar bo‘yicha ko‘rsatma berganidan so‘ng, futbolchi garovga qo‘yish huquqisiz hibsga olingan.

Ko‘p o‘tmay Meksikaning «Pumas» klubi braziliyalikning sudlanishi munosabati bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilishini e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!