Dana Uayt 10 ming dollar xayriya qildi

Dana Uayt 10 ming dollar xayriya qildi

UFC prezidenti Dana Uayt fojia sababli oyoqlaridan ayrilgan muay-taychi Jon Espositoga 10 ming dollar xayriya qildi.

Fojiali voqea 2021 yilning dekabrida sodir bo‘lgan. Jon Esposito dahshatli baxtsiz hodisa tufayli ikkala oyog‘idan ayrilgan. Somerset okrugida yo‘l loyihasi ustida ishlayotgan vaqtida uni mashina urib yubordi. Jamoatchilik ishlari xodimi katta yo‘l chetidagi chuqurliklarni yamab yurganida mashina ish joyiga kirib kelib, uni orqa tomondan urib yuborgan.

Muay Thai asoschisi va prezidenti Liam Tarrant Kris va Sara Romulolar yordamida jangchiga tiklanish yo‘lida yordam berish uchun xayriya fondi yaratdi. Dana Uayt buni e’tiborga oldi va xayr-ehson qildi. Yig‘ilgan mablag‘ning umumiy miqdori allaqachon 30 000 dollarga yaqinlashib qoldi, shundan 10 000 dollari UFC prezidenti tomonidan xayriya qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!