Damashqda gaz quvurining buzilishi butun poytaxtda elektr uzilishiga sabab bo‘ldi

Damashqda gaz quvurining buzilishi butun poytaxtda elektr uzilishiga sabab bo‘ldi

Ma’lum bo‘lishicha, quvurni ta’mirlash ishlari boshlangan. Holat yuzasidan mamlakat energetika vaziri Gassan Zemel bayonot bergan. «Damashqda elektr energiyasi Deyr Ali hududidagi gaz quvuridagi sabotaj tufayli uzilib qoldi, bu xuddi shu nomdagi stansiya ishining to‘xtab qolishiga olib keldi», — degan u. Qayd etilishicha, ta’mirlash guruhlari allaqachon hududda ish boshlagan. Suriya poytaxtida bir soat ichida elektr ta’minoti asta-sekin tiklanishi ta’kidlangan.

Ma’lumot o‘rnida, sabotaj — 1 shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan ongli holda o‘z xizmat vazifasini ataylab bajarmaslik yoki sifatsiz va beparvolik bilan bajarish, ishdan bosh tortish.

https://ria.ru/20210918/diversiya-1750631510.html


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!