Dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘ladi?

Dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘ladi?

Yakshanba kunlari janubiy hududlarning eng chekka qismida 43-45 daraja issiqqacha bo‘lgan juda issiq ob-havo saqlanib turadi.

Bugun kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati 35-38 daraja issiq atrofida bo‘ladi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Dam olish kunlari issiq yana ko‘tarila boshlaydi. Yakshanba kuniga kelib, harorat 38-41 daraja issiqqacha yetadi. Ushbu kunlarda janubiy hududlarning eng chekka qismida 43-45 daraja issiqqacha bo‘lgan juda issiq ob-havo saqlanib turadi.

Bu issiq uzoq vaqt davom etmaydi. Keyingi hafta boshidan respublika hududiga Volgabo‘yi hududlaridan salqin havo kirib keladi. Dushanba kunidan harorat asta-sekin pasayishni boshlaydi va hafta katta qismida 30-35 daraja issiq atrofida, ba’zi joylarda 37-38 daraja issiqqacha bo‘ladi.

Respublika hududi katta qismida bugun va dam olish kunlari asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi, faqat Qoraqalpog‘istonda 3 iyulda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin. 3 iyulda shimolda va cho‘l hududlarda shamol 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

1-3 iyulda Farg‘ona viloyati tog‘oldi va tog‘li hududlarida glyasial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!