Dam olish kunlari Yerga Xitoyning nazorati yo‘qotilgan fazoviy raketasi qulashi mumkin

Dam olish kunlari Yerga Xitoyning nazorati yo‘qotilgan fazoviy raketasi qulashi mumkin

Dam olish kunlari Xitoyning “Chanchjen 5-B” raketa tashuvchisining eskirgan qismlari Yerga tushishi kutilmoqda. Bu raketa tashuvchi orqali Xitoy kosmik kemasining birinchi moduli orbitaga chiqarilgan.

18 tonnali ob’ektning atmosferaning qalin qatlamlariga kirishi nazoratsiz amalga oshadi, amerikalik ekspertlar bo‘laklar aholi yashash punktlariga tushishi mumkinligidan xavotirda. 

O‘z navbatida, Pekin bo‘laklar tushishidan zarar ko‘rish ehtimoli juda past ekanini e’lon qildi.

“Chanchjen 5-B” raketasi 29 aprel kuni orbitaga Xitoyning bo‘lajak kosmik stansiyasining asos modulini olib chiqqan edi. Uning ellips orbitasi 160 dan 375 km gacha bo‘lib, bosqichma-bosqich pasaygan.

Keyinchalik pasayishning tezligi atmosfera zichligiga bog‘liq bo‘lib, uni hisoblashning imkoni yo‘q. Nazariy tomondan uning katta qismi Yer yuzasiga kelishidan oldin yonib ketishi kerak, ammo qattik jismlardan yasalgan elementlar bu olovli parvozdan butun chiqishi mumkin.

Xitoy xavfni kamaytirishga urinmoqda. Xitoy TIV matbuot kotibi Van Vjnbin parvoz vaqtida parchalanish yoki yerga zarar yetishi ehtimoli juda pastligini aytib, jamoatchilikni voqealar rivojlanishidan o‘z vaqtida ogohlantirishga va’da berdi.

Raketa tushishining ehtimoliy trayektoriyasi ijtimoiy tarmoqlarda ham jahon miqyosida muhokama qilinmoqda.

AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin: “Bizning imkoniyatlarimiz katta, ammo hozircha uni urib tushirishni rejalashtirmayapmiz. Umid qilamizki, raketa hech kimga zarar yetkazmaydigan joyga qo‘nadi”.

Ayni paytda, vazir xitoyliklar mas’uliyatsiz harakat qilganini ham ta’kidladi. “Chunki ular orbitadan nazoratsiz tushishga yo‘l qo‘ygan. “Kosmik liga” davlatlari juda e’tiborli ishlashi kerak”.

Garvard astrofizigi Jonatan Makdauell ham Xitoyning bu qadamini mas’uliyatsiz deb baholadi.

“Bu ikkinchi urinish. Bilamizki, birinchi urinishdan so‘ng deyarli shu kabi raketa bo‘laklari Kot D’Ivuara hududidan topilgan”, – deydi u.

Makdauellning prognoziga ko‘ra, hozirgi orbitadan kelib chiqqan holda, raketa bo‘laklari Nyu-York, Madrid, Pekin yoki Chilining janubiy qismlariga, yoki umuman boshqa joyga tushishi mumkin.

O‘z navbatida, Suatgempton universitetining kosmik chiqindilar bo‘yicha mutaxassisi Xyu Lyuis kosmosni o‘zlashtirishning 60 yilida orbitada katta miqdorda chiqindi qoldirilgani, bunga birinchi navbatda AQSh va Rossiya javobgar ekanini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!