Dam olish kunlari avtobuslar qisqartirilgan jadval asosida harakatlanadi

Dam olish kunlari avtobuslar qisqartirilgan jadval asosida harakatlanadi

Jamoat transporti o‘z faoliyatini shanba va yakshanba kungi jadval asosida olib boradi.

“Qurbon Hayiti” munosabati bilan avtobuslar qisqartirilgan jadval asosida harakatlanadi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi xabar berdi.

9 iyul kuni respublikada “Qurbon Hayiti” ishlanmaydigan bayram kuni va 11,12 iyul kunlari qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilanganligi munosabati bilan, jamoat transporti qisqartirilgan jadval asosida harakatlanadi.

Avtobuslarning harakat jadvali:

9 iyul, shanba – ishlanmaydigan bayram kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;

10 iyul, yakshanba – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;

11 iyul, dushanba – qo‘shimcha dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;

12 iyul, seshanba – qo‘shimcha dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.

16-iyul, shanba – ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.

Eslatib o‘tamiz, Qurbon hayitida o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!