Dahshat! Sergelida ombor portlab ketdi. Korxona xodimi halok bo‘ldi, uch kishi kasalxonada

Dahshat! Sergelida ombor portlab ketdi. Korxona xodimi halok bo‘ldi, uch kishi kasalxonada

Bugun, soat 19:30 larda poytaxtimizning Sergeli tumanida joylashgan "Qushqo‘rg‘on" mahallasidagi omborlardan birida portlash sodir bo‘ldi.

Ombordan tashqari, ushbu korxonaning ofis binolari qulab tushdi va yonma-yon joylashgan do‘kon ham qisman zarar ko‘rdi. Afsuski, favqulodda vaziyat natijasida korxona xodimi vafot etdi, yana uch kishi turli darajada tan jarohatlari oldi. Ular kasalxonaga yotqizilgan.

Dastlabki versiyaga ko‘ra, portlash xonaga gaz oqishi oqibatida kelib chiqqan. Voqea joyida ayni damda vayronagarchiliklarni demontaj qilish bilan shug‘ullanayotgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari, shuningdek, IIV, Bosh prokuratura va boshqa tegishli idoralar vakillari ishlamoqda.

Qo‘shimcha ma’lumotlar yana e’lon qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!