Dahshat! Fransiyadagi cherkovlarda qancha pedofil xizmat qilgani aniqlandi

Dahshat! Fransiyadagi cherkovlarda qancha pedofil xizmat qilgani aniqlandi

Cherkov doiralarida pedofiliyani o‘rgangan fransuz katolik cherkovi mustaqil komissiyasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 70 yil davomida mamlakat katolik cherkovida 2,9 mingdan 3,2 minggacha pedofil xizmat qilgan. Bu haqda AFP 3 oktyabr, yakshanba kuni yozadi.

Agentlikning aniqlik kiritishicha, komissiya ikki yarim yildan ko‘proq vaqt davomida tergov olib borgan, 1950 yildan to hozirgi kungacha bo‘lgan davrni cherkov, sud va polisiya arxivlari hamda guvohlar bilan o‘tkazilgan so‘rovlar asosida o‘rgangan.

Komissiya rahbari Jan-Mark Sauvning so‘zlariga ko‘ra, tadqiqot cherkov a’zolari orasida 2,9 mingdan 3,2 minggacha pedofilni aniqlagan. U bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkinligini istisno qilmadi.

To‘liq komissiya hisoboti 6 oktyabr, seshanba kuni e’lon qilinadi va u 2500 sahifadan iborat.

Mustaqil komissiya 2018 yilda fransuz katolik cherkovi tomonidan cherkov ichidagi pedofiliya janjallariga javoban tuzilgan. U huquqshunoslar, tarixchilar, sosiologlar, tibbiyot mutaxassislari va dinshunoslardan iborat 22 kishidan tashkil topgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!