Dahshat! Erkak o‘z ukasini o‘ldirib, jasadini bo‘laklarga bo‘lib tashlagani ma’lum bo‘ldi

Dahshat! Erkak o‘z ukasini o‘ldirib, jasadini bo‘laklarga bo‘lib tashlagani ma’lum bo‘ldi

Moskvada bir erkak ukasini o‘ldirib, jasadini bo‘laklarga ajratganlikda gumon qilinmoqda. Voqea tafsilotlari haqida REN telekanali xabar bermoqda.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari kvartirada rus fuqarosining jasadi qoldiqlarini topdilar. Aniqlanishicha, 54 yoshli erkak taxminan to‘rt kun oldin vafot etgan. Polisiyaga marhumning rafiqasi qo‘ng‘iroq qilib, erining narsalarini qon tekkan holda axlat qutisi yonidan topganini ma’lum qilgan.

Marhumning 62 yoshli akasi qotillikda gumon qilinib hibsga olingan. Taxminlarga ko‘ra, janjal paytida erkak noma’lum narsa bilan ukasining boshiga bir necha marta urgan va keyin jasadni qismlarga ajratgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!