Dahshat! Ayol asrab olingan 7 nafar bolaga “YouTube”dagi shousi uchun vahshiylarcha azob berdi

Dahshat! Ayol asrab olingan 7 nafar bolaga “YouTube”dagi shousi uchun vahshiylarcha azob berdi

AQShda 48 yoshli ayol hibsga olingan bo‘lib, u YouTube orqali ko‘rsatilgan videoda asrab olingan bolalari ustidan masxara qilganlikda ayblanmoqda.

Ayolning ijtimoiy tarmoqdagi kanali Fantastik sarguzashtlar deb nomlangan bo‘lib, Mashel unga asrab olingan bolalar bilan qilgan videolarini joylagan: bolalarning ustidan qalampir kukunini sepgan, muzli hammomga tushishga majbur qilgan va doimiy ravishda urgan.

Mashel Xobson bolalarga zo‘ravonlik qilishda ayblandi. Ayol nafaqat bolalar huquqlarini buzgan, balki ularni ozodlikdan ham mahrum etgandi. Polisiya uning uyiga yetib kelganida, bolalardan biri shkafda qulflangan bo‘lgan.

Ajablanarlisi shundaki, ayolning kanalida 800 ming kuzatuvchisi bo‘lib, videolari 250 milliondan ortiq marta ko‘rilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!