CSV: Vazir xorijda jigar transplantasiyasidan so‘ng ahvoli yomonlashgan Mardonbekning onasiga qo‘ng‘iroq qildi

CSV: Vazir xorijda jigar transplantasiyasidan so‘ng ahvoli yomonlashgan Mardonbekning onasiga qo‘ng‘iroq qildi

Kun.uz saytida jigar sirrozi tashxisi qo‘yilgan Kattaqo‘rg‘on tumanilik 2 yoshli Mardonbekka Hindistonda transplantasiya operasiyasi orqali jigar ko‘chirib o‘tkazilgani, unga onasi donorlik qilgani, biroq hali chet eldan qaytmay turib, ahvoli og‘irlashgan go‘dakning sog‘ayishi uchun qo‘shimcha ko‘mak zarurligi yuzasidan videomurojaat e’lon qilindi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu xabar chiqqan zahoti holatni o‘z nazoratiga oldi.

Amrillo Inoyatov,
vazir:

— Sal avval Hindistonda bo‘lib turgan Mardonbekning onasi Yulduz Baratova bilan telefon orqali shaxsan gaplashib, unga bunday damlarda yolg‘iz emasligini aytdim. Biz onaning ham, bolaning ham qisqa muddatda sog‘ayib, oyoqqa turishi uchun barcha tezkor choralarni ko‘ramiz.

Qolaversa, ular O‘zbekistonga qaytgach, davolanishi va reabilitasiyasi bilan bog‘liq jarayonlarni to‘liq o‘z zimmamizga olamiz. Ular yurtimizdagi eng nufuzli klinika va tajribali mutaxassislar nazoratida bo‘ladi.

Nafaqat jigar, balki inson boshqa a’zolarining transplantasiyasi — hozircha yurtimizda yangi o‘zlashtirilayotgan soha. Shunga qaramay, davlatimiz rahbari topshirig‘iga ko‘ra, buyrak, jigar, yurak kabi organlarni ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha mutaxassislarimiz mahorat va tajriba to‘playapti.

Hozir bu borada mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solib, xorijning ilg‘or klinikalari bilan hamkorlik o‘rnatganmiz. Chet elda mutaxassislarimiz malakasini oshiryapmiz.

Shuni ishonch bilan aytamanki, bu sa’y-harakatlarimiz yaqin kelajakda o‘z natijasini ko‘rsatib, bolalarning bunday murakkab va noyob operasiyalar uchun vaqt va mablag‘ sarflab, xorijiy davlatlarga borishiga hojat qolmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!