COVID-19ga qarshi qo‘llaniladigan dori vositalari va biologik faol moddalar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritildi

COVID-19ga qarshi qo‘llaniladigan dori vositalari va biologik faol moddalar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritildi

COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari va biologik faol moddalar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritildi.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan, majburiy sertifikasiyalashtirish sharti bilan import qilinadigan va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari va biologik faol moddalar ro‘yxatiga, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 24 sentyabrdagi 582-son Qarori (https://t.me/uzpharm_media/416) bilan o‘zgartirish kiritilib, ro‘yxatga:

— Gripp vaksinasi (O‘RVI),
— Koronavirus vaksinasi (COVID-19),
— Pnevmokokk vaksinasi,
— Bariya sulfat (Barii sulfas),
— Pankuroniya bromid / Pipekuroniya bromid / Atrakuriya besilat,
— Sefepim + tazobaktam,
— Nitrogliserin qo‘shildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!